Chegrava
Chegrava (Hydroprogne caspia) — baliqchisimonlar turkumining chigirtchilar oilasiga mansub qush. Oilaning eng katta vakili. Vazni 600—700 g. Qanotlari yozilganda 120—130 sm. Dumi ayrisimon. Boshini usti qora. Tanasining usti och kulrang, korni oq. Tumshugʻi baquvvat, qizil, oyogʻi qora. Janubiy Amerikadan boshqa hamma joylarda tarkalgan. Afrikada va Janubiy Osiyoda qishlaydi. Shoʻr suvli havzalarning kumli va kum toshli orollarida koloniya boʻlib uya quradi. 3 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 22—25 kun bosadi. Asosan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchi umurtqasizlar, baʼzan qushlar tuxumi va joʻjalari bilan oziqlanadi.
Chegrava | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |