Chek yer
Chek yer — oʻtmishda yerdan foydalanish shakllaridan biri. Oʻrta Osiyoda 20-asrning boshlariga qadar oʻtroq hayot kechiradigan qishloq jamoalariga qarashli, foydalanuvchilarga har yili taqsimlab beriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari. Chek yerning unumdorligi, tekisqiyaligi jihatidan farqlanadigan paykallari, xususiy mulk boʻlmagan suvli va lalmi yerlardan iborat boʻlib, jamoaning oʻz yermulkiga ega boʻlgan yoki yersiz xonadonlariga qoʻshimcha dehqonchilik qilish uchun har yili bahorda oilasi va qoʻshhoʻkizi soniga (yerni eka olish quvvatiga) koʻra muayyan tanoblarda qurʼa tashlash yoʻli bilan ("chekiga tushganiga qarab") ajratib berilgan. Dehqonchilik yili tugaganidan keyin yanagi yili bahorda paykallar foydalanishga yana qayta taqsimlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |