Chekka bukilmalar
Chekka bukilmalar - Yer poʻstining bukilmalari boʻlib, geosinklinal rivojlanishining kechki bosqichida, geosinklinal bilan platformalar oraligʻida hosil boʻladi. Chekka bukilmalarning, asosan, palaxsali burma va diapirli gumbaz koʻrinishidagi qatlamlari siljigan laguna va molassli formatsiyalarning choʻkindilari bilan toʻlishi kuzatiladi. Chekka bukilmalarda kumir, neft, tabiiy gaz va tuz konlari koʻplab uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |