Cheklilik va cheksizlik
Cheklilik va cheksizlik (falsafada) — narsa va hodisalarning qaramaqarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik — fazo va vaqtda oʻz ibtidosi va intihosi boʻlgan aniq, chegarali obyektlar (narsa, jarayon, hodisa, holat, xususiyat va shahrik.)ni anglatadi. Cheklilik chegarasi obyekt intihosini boshqa obyektdan ajratib turadi va ularni birbiriga bogʻlaydi. Cheklilik doim oʻzgarishda, harakatda. Voqelikdagi har bir bilish obyekti muayyan munosabatda, cheklilik sifatida namoyon boʻladi. Cheksizlik — materiya va uning turli xususiyatlariga xosdir. U dunyoning fazo va vaqtda benihoyaligini anglatadigan tushuncha. Har qanday narsa va hodisalar cheklidir, chunki u boshqa predmet va hodisalardan mustaqil holda mavjud boʻlib, fazo va vaqtda maʼlum koʻlamni egallaydi. U oʻzini qurshab olgan dunyo bilan tinimsiz aloqada boʻlganligi uchun cheksizdir. Har qanday chekli narsa — cheksizlikning yuz berishi shaklidir. Ilmfan cheklili obyektlarini bilish orkali cheksizlikni ochib berishga yaqinlashadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |