Chellenjer
"CHELLENJER" - AQShning koʻp marta uchirishga moʻljallangan, bortida kosmonavtuchuvchisi boʻlgan transport kosmik kemasi. "Speys Shattl" transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. "CH."ning startoldi massasi 2000 t, uz. 56 m. Ekipaji 7 kishidan iborat boʻlgan. Ikki bosqichli tizim asosida uchirilgan. Kemaning 1 bosqichi qattiq yoqilgʻili raketa dvigateli boʻlgan 2 ta tezlatkichdan iborat, 2bosqichi (orbital) bortida astronavt boʻlgan, qanotli boʻlib, orbitadan chiqqandan soʻng "samolyot" rejimida qoʻnish qobiliyatiga ega boʻlgan. "CH." 1986 yil 28 yanvarda halokatga uchragan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |