Chen Ling
Chen Ling (soddalashgan xitoycha 陈玲; 1987-yil 16-iyunda[1] Chjentszyan, Jiangsu shahrida tugʻilgan) — xitoylik kamonchi ayol. Xitoy Xalq Respublikasida tugʻilgan Chen Ling 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Xitoy terma jamoasi safida kamondan oʻq uzish bahslarida ishtirok etgan.
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Millati | xitoylik | ||||||||||
Tugʻilishi | 16-iyun, 1987-yil[1] Zhenjiang, Jiangsu | (age 35)||||||||||
Taʼlim | Sport tadqiqotlari — Nankin sport instituti: Nankin, Xitoy | ||||||||||
Kasbi | Atletikachi | ||||||||||
Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||||||||||
Vazni | 58 kg (128 lb) | ||||||||||
Medallar
|
2008-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari
tahrir2008-yil Pekindagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Chen Ling jami 645 ball bilan reyting bosqichini yakunladi[2]. U 110-101 hisobida Gretsiyalik kamonchini magʻlub etgan Evangeliya Psarra bilan musobaqaning birinchi raundida toʻqnash keldi va reyting roʻyhatida oʻn beshinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi davrada Chen Ling Katsiarina Mulyukni atigi bir ochko farqi bilan (106-105) magʻlub etdi. Uchinchi raundda janubiy koreyalik Yun Ok Xiga qarshi oʻyinda 113:103 hisobida magʻlub boʻldi va shu sababli chorak finalga chiqa olmadi[1].
Guo Dan va Zhang Juanjuan bilan birgalikda Chen Ling ham jamoaviy bahslarda ishtirok etdi. Reyting bosqichidagi 645 balli Guoning 636 va Zhananning 635 balli bilan Xitoy jamoasi reyting bosqichida uchinchi oʻrinni egallab, chorak finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi. 211-206 ball bilan ular kuchli Hindiston jamoasi ballariga juda yaqin edilar. Ammo oʻyinlar davomida Hindiston jamoasini ham ortda qoldirib, yarim finalda Buyuk Britaniyaga qarshi kurashdilar. Yakuniy natijalarga koʻra ular 208 ochko, britaniyaliklar 202 ochko jamgʻarib, Xitoy jamoasi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Raqiblari Janubiy Koreya jamoasi 224 ballik kuchli natijaga ega edilar. Shu sababli ham, yakunda Xitoy kumush medalga sazovor boʻldi, Xitoy jamoasi oltin medal egalaridan 9 ball kam (215 ball) toʻplagani pand berdi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Athlete biography: Chen Ling, beijing2008.cn, ret: Aug, 20 2008
- ↑ „Chen Ling reytingi“. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.