Chengcing koʻli – Tayvan tilidagi sunʼiy koʻl hisoblanadi. Chengcing koʻli Xitoy Respublikasining Tayvan (Niaosong, Kaohsiung) shahrida joylashgan. Chengcing koʻli Kaohsiung deb nomlangan shahar markazidan va Fengshanın hududining asosiy shahar atrofi tumanidan unchalik uzoq boʻlmagan hududda joylashgan. Chengcing koʻli Kaosyun viloyatining suv taʼminoti tarmogʻining manbai va bundan tashqari Kaosyun viloyatining turistik hududi hamdir.

Park va akvarium

tahrir

Chengcing koʻlining bir qismi qirgʻogʻi bogʻning kirish qismida joylashganligi bois, bogʻga tashrif buyuruvchilar koʻlni yaqindan his qilishlari mumkin. Ushbu bogʻda Tayvanning sobiq prezidenti va harbiy rahbari Chiang Kay-Shekning ibodatxonasi joylashgan. Chengcing koʻlining qirgʻogʻida Chiang, bundan tashqari Cheng Ching koʻli ekzotik dengiz hayoti jamoat akvariumi muzeyi boʻlib xizmat qilgan lekin shunday boʻlsada dastlab yuqorida aytilgan muzey yer osti harbiy shtab-yotoqxonasi sifatida bunyod etilgan. Ushbu hudud dastlab 1961-yilda aholini yadroviy hujumdan himoya qilish maqsadida tunnel sifatida qurilgan.

1960-yilda Chengcing koʻli boʻylab „Bridge of Nine Turns“ (Toʻqqiz burilish koʻprigi) nomli koʻprik qurilgan. Koʻprikning uzunligi 230 metr va kengligi 2,5 metrni tashkil qiladi, shu jumladan ushbu koʻprikda toʻqqizta toʻgʻri burchakli burilish mavjud. Qayta tiklangan Zhongxing Pagoda Chengcing koʻli hududining eng baland inshooti boʻlib, balandligi 43 metrni tashkil etadi shunday ekan ushbu inshoot tepadan judayam ajoyib koʻrinishga ega hisoblanadi, yana bir muhim jihati shundaki ushbu inshootga aylanma zinapoyalar orqali ham chiqish mumkin.

1949-yilda Chengcing koʻli Xitoy Kommunistik partiyasi nazorati ostiga oʻtgandan soʻng, general Xuan Chie Xitoy Respublikasi armiyasining 30 000 askarini Vetnamga olib boradi va ular Phu Quok oroliga joylashtiriladi. Keyinchalik, 1953-yil iyun oyida armiya Tayvanga koʻchib oʻtadi[1]. Keyinchalik Chengsing koʻli 1955-yilning noyabr oyida bunyod etiladi. 1949-yilda bosqin davrida omon qolish uchun qochib ketgan xitoylik askarlar xotirasiga Fuguo oroli deb nomlangan kichik orol barpo etiladi[2].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 2009年03月31日, 抗日名将黄杰与最后一支离开大陆的国民党部队, 凤凰资讯
  2. „Secret War in Burma: The KMT“. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.