Chenla
Chenla — ilk oʻrta ayerlar (6-asr oʻrtasi — 8-asrlar)da Mekong daryosi oʻrta oqimi boʻylarida yashagan monkxmer qabilalari birlashmasi. 8-asrda Ch.ning soʻnggi xukmdori malika Jayadeva davrida oʻzaro raqobatda boʻlgan knyazliklarga parchalanib ketgan. Ch. xukmdori Ishanavarman I (7-asr boshi — taxminan 635) Funan viloyatini egallab, oʻz hokimiyatini Gʻarbga, Angkor tomongacha tarqatgan hamda StungSen daryosi boʻyida Ch. poytaxti — Ishanapur shahriga asos solgan. Ch. davridan gʻishtdan kurilgan koʻplab sajdagoxlar, xaykaltaroshlik namunalari, epigrafik yodgorliklar saqlanib qolgan. Ch.ning madaniy anʼanalari keyinchalik Kambudjadesha davlatida davom ettirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |