Cheragalar (Mergus) — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urugi. 7 turi maʼlum. Tumshugʻi uzun, ingichka, chetida oʻtkir tishchalari bor. 5 turi Shim. yarim sharda, 1 turi Janubiy Amerikaning tropik qismida va 1 turi Oklend o.larida yashaydi. Katta cheraga turi Oʻrta Osiyo togʻlari va Sevan koʻlida tarqalgan. Uning tanasi 80 sm cha, ogʻirligi 1,5— 2 kg. Uzun tumshuk, Ch., tangachali Ch. va qishlash joyiga uchib oʻtayotganda uchraydi. Ch. uyasini yerga, qoya yoki kovaklarga yasaydi. 8—15ta tuxum qoʻyadi. Baliq, suvdagi qasharotlar, baʼzan mollyuskalar bilan oziqlanadi. Xoʻjalik ahamiyati kam.

Cheragalar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar