Cherepanovlar Yefim Alekseyevich va Miron Yefimovich

CHEREPANOVLAR Yefim Alekseyevich (1774, Viysk zdi 1842, Nijniy Tagil) va Miron Yefimovich (1803, Viysk zdi — 1849, Nijniy Tagil) — otabola rus mashinasozlari va ixtirochi mexaniklari, parovoz ixtirochilari. Zavodchi Demidovlarning krepostnoylari boʻlishgan. Nijniy Tagildagi zdlarda ishlashgan. Yefim va uning rafiqasiga 1833-yilda, Miron va uning rafiqasiga 1836-yilda ixtirochilik faoliyatlari uchun ozodlik berilgan. Ch. har xil mexanizmlar, metall quyish, temirchilik, mis eritish sanoatidagi jarayonlarni, nodir metallarni qazib olishdagi ishlarni takomillashtirishga doir ixtirolar qilishgan, zdlar va transport uchun quvvati 2—60 o. k.li 20 ga yaqin bugʻ mashinalari yasashgan va amalda joriy qilishgan. Rossiyada birinchi parovozni 1833—34 yilda, ikkinchi parovozni esa 1835-yilda yasashgan. Ch.lar tashabbusi bilan Viysk zdidan Medniy rudnikkacha choʻyan temir yoʻl izi yotqizilgan, lekin 20-asr boshigacha bu izda parovoz oʻrniga otlar qoʻshilgan vagonlardan foydalanilgan.