Chernovsi universiteti
Chernovsi universiteti - Ukrainadagi yirik universitetlardan biri. Chernovsi shahrida. 1875 yildiniy seminariya negizida tashkil etilgan. Mat., fizika, biol., kimyo, geogr., tarix, filol. va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ilmiy kutubxonasida 1,7 mln.dan ortiq asar saqlanadi. 9 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |