Chevrolet Traverse
Chevrolet Traverse — bu Chevrolet kompaniyasining toʻliq oʻlchamli yetti yoki sakkiz oʻrindiqli krossover. 2008-yilda Chikagodagi avtosalonda ilk bor taqdim etilgan va shu yilning oktyabr oyida sotuvga chiqdi. U Uplander miniveni hamda TrailBlazer SUV ning vorisi hisoblanadi[1]. 2009-yilgacha u Tennessi shtatidagi Spring Hill zavodida ishlab chiqarilgan. Keyinchalik umumiy platformaga ega boʻlgan qardoshlari GMC Acadia va Buick Enclave modellari bilan birgalikda, Michigan shtatidagi Lansingda ishlab chiqarila boshlagan.
Chevrolet Traverse | |
---|---|
Chevrolet Traverse (ikkinchi avlod) | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | General Motors |
Model yili |
2008 |
Avvalgi modeli |
Chevrolet Uplander, Chevrolet TrailBlazer (Shimoliy Amerika) Chevrolet Blazer (Janubiy Amerikada) |
Tasnifi | |
Sinfi | Toʻliqhajmli krossover |
Segment | J |
Komponovkasi |
PP P4 |
Platformasi | GMT561 |
Gʻildirakformulasi |
4x2 4x4 |
Eksteryer | |
Kuzov turi | SUV |
Oʻrindiqlar soni |
7 8 |
Eshiklar soni | 5 |
Birinchi avlod
tahrir„Traverse“ nomi dastlab 2003–yilda Detroytda boʻlib oʻtgan Shimoliy Amerika xalqaro avtosalonida taqdim etilgan kontsept-kar uchun ishlatilgan, biroq 2005-yilda Chevrolet Equinox sotuvga chiqqanida u unutilgan edi. Avtomobil dizayni 2005-yilgi Chevrolet Sequel kontsept-karidan olingan, ammo uning oldi radiator-panjarasi 2008-yilgi Chevrolet Malibuga oʻxshash V shakli simon qilib ishlangan edi. Traversning eshiklaridan boshqa qismlari boshqa Lambda krossoverlaridan farqli ravishda oʻziga xos metalldan tashkil topgan. 2008-yildan to 2017 yilgacha Chevrolet Traversning 1-avlodi ommaviy ishlab chiqarilgan.
Transmissiya
tahrirTraverse takomillashtirilgan 3.6 litr xajmli, V6 lik bevosita yoqilgʻi sochilishi bilan birgalikda xamda VVT qurilmalik LLT dvigateli bilan jixozlangan. 6 pogʻonalik avtomatik uzatmalar qutisi dvigateldan olingan quvvatni yoki faqat oldiga yoki barcha gʻildiraklarga uzatadi. LTZ komplektatsiyasi boshqa komplektatsiyalardan farqli ravishda 2 talik konfiguratsiyasidagi avtomobil, boshqalardan farqli oʻlaroq, 2 ta yonmagan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga ega ekanligi uni quvvatini va aylantirish momentini balandroq boʻlishiga xizmat qiladi.
2013 yildagi yangilanish
tahrirOldi koʻrinishi yangilangan Traverse 2012-yilda Nyu-York da avtosalonda taqdim etilgan. Avtomobil yangilangan radiator panjarasi, old bamper, orqa eshik va Chevrolet Camaro faralariga o‘xshash qilib ishlangan orqa yoritish chiroqlar shuningdek, yangilangan g‘ildiraklar bilan jixozlangan edi. Lekin, avtomobilning texnik koʻrsatkichlari oʻzgarishsiz qoldi. Yangilangan Traversening ilk fotosuratlari 2012-yil 28-martda ommaga taqdim qilingan. Traversening barcha komplektatsiyalari sensorli dsipley hamda Mylink bilan jixozlangan auditizim ega edi. Shuningdek, komplektatsiyaga qarab mato yoki teridan ishlangan oʻrindiq qoplamalari, shuningdek yogʻochdan maxsus ishlangan interyerga ega edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Chevrolet показал замену TrailBlazer“. 2013-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-may.