Chexiya massivi - Yevropadagi togʻ massivi, aksari qismi Chexiya, shuningdek, Polsha, Germaniya va Avstriya hududlarida. Uz. 500 km chamasida, kengligi 300 km gacha. Markaziy qismi pastroq boʻlib (balandligi 300–600 m), yer yuzasi sertepa tekislik, alohida koʻtarilgan choʻqqilar bor. Asosan, kristalli slanets, qumtoshlardan tuzilgan, yuzasi choʻkindi jinslar bilan qoplangan. Chekka qismi oʻrtacha balandlivdagi togʻlar (Sudet, Chexiya oʻrmonlari, Shumava, Rudali togʻlar) va ChexiyaMoraviya qirlaridan iborat. Eng baland joyi 1602 m (Snejka togʻi). Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Dare koʻp. Togʻlarda 1200– 1400 m gacha aralash va igna bargli oʻrmonlar bor, undan baland qismi — yaylov, tekislik qismi oʻzlashtirilgan.