Chikago universiteti AQShning yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1857-yil tashkil etilgan (1886—89-yillarda ishlamagan, J.D.Rokfellerning moliyaviy yordami tufayli 1890-yil faoliyatini tiklagan, doimiy mashgʻulotlar 1892-yildan boshlangan). IXX-asr oxirida xotin-qizlarga taʼlim olish huquqini bergan AQShdagi dastlabki universitetlardan biri. XX-asr 1-yarmidan yirik ilmiy markaz. 1942-yil bu yerda E.Farmi rahbarligida birinchi marta zanjirli yadro reaksiyasi amalga oshirilgan. Universitet biologiya, gumanitar fanlar, fizika, tijorat, kutubxonachilik, tibbiyot, pedagogika, huquq va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1892-yil tashkil etilgan)da 3,5 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi.

Asos solingan sanasi 1857-yil

Manbalar

tahrir