Chafpak
(Chig'rakdan yoʻnaltirildi)
Chafpak, chigʻrogʻ, chigʻrak — turkiy etnik guruh. Bobur chafpaklar haqida shunday yozgan: "Andijon viloyatining sahronishinlaridan biri chagʻrak eldir, qalin eldur. Besholti ming uyluq el bordur. Fargʻona bilan Qashqar orasidagi togʻda boʻlurlar. Otlari koʻp va qoʻylari qalindur". Chafpaklarning baʼzi guruxlari qipchoqlar bilan birga XI asrning 1-yarmidayoq Xorazmning siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Taxmin qilinishicha, Chafpaklar qipchoq qabilalaridan biri boʻlib, XI asrlarda Fargʻona vodiysining togʻli hududlariga kelib oʻrnashib qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |