Chilim — tamaki solib chekiladigan asbob. Qadimdan Oʻrta Osiyoda, shuningdek, Turkiya, Eron, Hindiston, Xitoy, Afgʻonistonda keng tarqalgan. Asosan, qovoqning alohida navidan, baʼzan, metall (mis, bronza, kumush va boshqalar)dan tayyorlanadi. Uning tashki tomoni turli handasiy shakllar va naqshlar bilan bezaladi. Ichiga suv solinadigan idish, unga ulangan nay (qamish yoki yogʻochdan), tik oʻrnatilgan naycha qoʻyiladigan sarxona va oʻtxonadan iborat shaklga ega. Ch. chekish kishi sogʻligʻi uchun oʻta zararli.