Chilonjiyda
Chilonjiyda, unabi, xitoy xurmosi (Ziziphus Mill.) — jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta; ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadigan 50 dan ortiq turi maʼlum. Jumladan, Oʻrta Osiyoning togʻli hududlarida mayda mevali yovvoyi turi oʻsadi. Xitoy Ch.si (unabi; Z.jujuba Mill.) madaniylashtirilgan. Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Daraxti balandligi 8– 12 m ga boradi, tanasining yoʻgʻonligi 40—60 sm (baʼzan 4 m li buta holida oʻsadi). 100 yildan ortiq yashaydi.
Chilonjiyda | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Bargi tuxumsimon, yaltiroq, chetlari mayda arra tishli. May oxiri — iyul boshlarida gullaydi, gullashi 30—35 kun davom etadi. Guli xushboʻy, ikki jinsli, mayda, sargʻimtirkoʻkish. Oʻzidan va chetdan changlanadi. Mevasi 26— 32 g, uz. 3—3,5 sm, noksimon, tuxumsimon, qizgʻishjigarrang, yaltiroq, poʻsti qattiq. Sentabr oxirida pishadi. Eti och yashil, oq, shirin. Tarkibida 19—20% qand, 0,3—0,5% kislota, 2,8—2,9% oqsil, 1,73% kul moddasi, 500–523 mg% S va R, A vitaminlari; ildiz, barg va poʻstlogʻida 4—9,5% oshlovchi modda bor; shifobaxsh.
CH. namsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli, bahorgi qorasovuqsan zararlanmaydi. Koʻchati oʻtqazilgach 2—4yili hosilga kiradi. 18—20 yoshida bir tup daraxti 40–45 kg meva beradi. Hosildorligi 150—200 s/ga. Qalamcha, payvandlash yoʻli bilan hamda urugʻidan koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, quritiladi, sukatlar, murabbo, kompotlar, konserva qilinadi.
Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida 1967-yildan Xitoy va 1934-yilda Kaliforniya (AQSH)dan keltirilgan Tan Yanszao, U Sinxun navlari ekiladi.
Zararkunanda va kasalliklari. Ch. kasallik va zararkunandalarga chidamli. Mevasiga Ch. pashshasi katta zarar yetkazadi. Kurash choralari qoʻllanilmaganda chilonjiyda pashshasi qurtlari mevaning 90—95% ini zararlaydi.
Ad..Toshmatov L., Chilonjiyda, T., 1962; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Ahm ye do v Oʻ.A., Xol matov H.H., Chilonjiyda dorivor oʻsimlik, T., 1993.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |