Chilonjiydadoshlar (Rhumnaseaye) — chilonjiydanamolar (Rhumnales) qabilasiga mansub oila. 60 turkumga oid 900 ga yaqin turi bor. Ch. yer yuzida juda keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda tabiiy holda 5 turkumga mansub 8 turi, Oʻzbekistonda esa 3 turkumga kiradigan 6 turi oʻsadi. Hayotiy shakliga koʻra, buta va past boʻyli daraxtlardan iborat. Barglari butun, yon bargchali, gullari toʻgʻri, oq yoki och yashil. Bir yoki ikki jinsli. Kosachasi 4—5 boʻlakli. Gultojibarglari 4—5 ta, changchilari 4—5 ta, ustunchasi 1 ta, tugunchasi ustki, mevasi danakcha. Ch.ning chilonjiyda turkumi mevasining shifobaxshligi bilan juda qadrli. Xalq tabobatida qonni suyultirishda va qon bosimini tushirishda foydalaniladi.

Chilonjiydadoshlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik