Chim ustida xokkey 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – erkaklar turniri
2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan bu yilgi chim ustida xokkey turniri, yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan 25-chi chim ustida xokkey musobaqasi boʻlgan. Musobaqalar 2024-yil 27-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtgan. Barcha oʻyinlar Fransiyaning Parij shahridagi „Yves-du-Manoir“ stadionida boʻlib oʻtgan[1].
Gollandiya finalda Germaniya ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, Hindiston esa bronza medaliga sazovor boʻlgan[2][3].
Turnirdagi oʻn ikki jamoa oltitadan ikkita guruhga boʻlingan boʻlib, har bir jamoa dastlab oʻz guruhida aylana boʻyicha oʻyinlarni amalga oshirishgan. Davra bosqich yakuniga koʻra, har bir guruhdan eng yaxshi toʻrtta jamoa chorak finalga yoʻl olgan. Ikki yarim final gʻolibi oltin medal uchun oʻzaro toʻqnash kelgan boʻlsa, yarim finalda magʻlub boʻlgan jamoalar bronza medali uchun oʻzaro kuch sinashgan.
Beshta konfederasiyadan boʻlgan Qitʼa chempionlarining har biri avtomatik ravishda Olimpiadaga yoʻllanma olgan. Fransiya mezbon davlat sifatida avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan. Qolgan jamoalar 2024-yilgi Xokkey boʻyicha erkaklar olimpiadasining FIH saralash bosqichida ishtirok etishgan[5].
Guruhlardagi jamoalar boʻlinish tartibi 2024-yil 22-yanvarda eʼlon qilingan[7]. Oʻyinlarning oʻtkazilish vaqti esa 2024-yilning 6-martida maʼlum boʻlgan[8][9].
Barcha vaqtlar mahalliy Fransiya vaqti bilan berilgan (UTC+2).
Chim ustida xokkey boʻyicha statistik konvensiyaga koʻra, asosiy vaqtda davomida gʻolib va magʻlublar boʻlmaganida, oʻyin natijasi penaltilar seriyasi orqali aniqlangan oʻyinlar durang bilan yakunlangan deb hisoblanadi.