Chinobod koʻchasi — Yunusobod tumani hududida. Amir Temur shox koʻchasi bilan Katta halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida.

Chinobod koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Uzunligi 4 km
Avvalgi nomlari Otchopar, Gvardeyskiy, Obid Zokirov koʻchasi
Kesishgan koʻchalari Аmir Temur shox ko’chasi, Katta halqa yo’li
Koʻchada joylashgan binolar "Chinobod" sanatoriysi,„O'zsanoatkurilishbank“ boʻlimi, „Abraziv“, „Asbobsozlik“, „Sharobsavdo“ korxonalari, 271-maktab

Tarixi tahrir

20-asrning 1-yarmida tashkil topgan. Dastlab Otchopar koʻchasi deb yuritilgan. 1960-yil 16-dekabrda Gvardeyskiy, 1996 -yil 5-sentyabrda Obid Zokirov nomi berilgan. 2008-yil 6-maydan Chinobod koʻchasi deb yuritiladi[1].

Binolar tahrir

Yoʻnalishida «Chinobod» sanatoriysi, „Kamoliddin Orif Аl-Buxoriy“ va „Yunusobod Oqtepa“ jome masjidlari, „O'zsanoatkurilishbank“ boʻlimi, „Abraziv“, „Asbobsozlik“, „Sharobsavdo“ korxonalari, 271-maktab, „Shahriston“ va „Shamgan“ restoranlari, „Oqtepa“ mahalla guzari, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari va boshqalar joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.