CHinordoshlar (Platana-ceae) oilasi faqat bir turkumdan – CHinor (Platanus) turkumidan iborat boʻlib, uning vakillari yopiq urugʻlilarning eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi.

chinorning barg va mevasi

CHinorlar tez oʻsishi bilan ajralib turadi, ular 30–40 m balandlikkacha oʻsib tekis rivojlangan tanasiga ega boʻladi. Barglari yirik, shakliga koʻra zarang barglariga oʻxshash. CHinorlar bir uyli daraxt oʻsimligi hisoblanadi. Mevalari dumaloq, sharchalar shaklida, ular sentyabr–oktyabr oylarida pishib yetiladi va bahorgacha daraxtda saqlanadi. Bahorda ular atrofga shamol yordamida tarqaladi.

CHinorning urugʻlari mayda, 1 kg urug’da 140 – 150 ming dona urugʻlar boʻladi. Markaziy Osiyoda quyidagi chinor turlari tarqalgan.

SHarq chinori (Platanus orientalis L.) Bu chinor turi chinordoshlar oilasining eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. 1753-yilda buyuk botanik olim K.Linney birinchi bor ikkita chinor turini ilmiy tavsiflab bergan.

Keyingi yillarda sharq chinorining areali kengayishi kuzatilmoqda, chunki u koʻplab madaniy holda koʻkalamzorlashtirish maqsadlarida va yogʻochi uchun oʻstirilmoqda.Oʻzbekistonda yovvoyi chinor Qashqadaryo viloyati Palandara daryo havzasida oʻsishi qayd etilgan. CHinor turlari meva bandidagi sharsimon mevalari soniga koʻra ajratiladi. Agar bitta mevasi boʻlsa, gʻarb chinori, 1-3 mevalari boʻlsa zarangbargli chinor, 3-7 mevasi boʻlsa sharq chinoriga tegishli boʻladi. Urugʻlari choʻzinchoq, uzun meva bandida osilib turadi.

Daraxtlardagi sharchalar butun qish davomida daraxtda osilib turadi va bahorda alohida urugʻlarga ajralib atrofga shamol yordamida sochilib ketadi. SHarq chinorini oʻsish areali Kichik Osiyo, Oʻrta er dengizi atroflari, sharqiy Kavkaz, Eron va Afgʻoniston hududlarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston janubida Hisor togʻlarida (Toʻpolang daryosi havzasi) chinorning tabiiy kichik oʻrmonlarida uchraydi.

SHarq chinori soya beruvchi daraxt sifatida shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirishda uzoq oʻtmishdan boshlab keng foydalanib kelingan, mahalliy aholining yogʻochga boʻlgan talabini chinorning sifatli uzoq saqlanuvchi yogʻochi hisobiga qondirilgan. Balandligi 40 m gacha boʻlib, diametri 3-4 metrgacha oʻsadi. CHinor uzoq umr koʻradi, respublikamizda uning 800–1000 yoshli daraxtlari mavjud. Sovuqqa oʻrtacha chidamli, MDH ning Yevropa qismida sovuqdan zararlanadi, shu sababli uni sovuq mintaqalarda ekish cheklangan.

Gʻarb chinori (Platanus occidentalis L.) SHimoliy Amerikaning Atlantika qismida keng tarqalgan, u erlarda tabiiy kichik oʻrmonlar hosil qiladi. Rossiyada 1800 yillarda koʻkalamzorlashtirish maqsadlarida introduksiya qilingan va shaharlarda oʻstirilmoqda, 30–40 m

balandlikka va 1–2 m diametrga ega yirik daraxt, oʻtkir uchli manzarali barglari daraxtda uzoq saqlanadi. Koʻkalamzorlashtirishda foydalanish uchun istiqbolli tur hisoblanadi, Janubiy Ukraina va Qrimda, ayniqsa, Odessa shahrini koʻkalamzorlashtirishda koʻplab ekilgan, sovuqqa oʻrtacha chidamli. Oʻrmon melioratsiyasida ham keng foydalaniladi

kosonsoydagi 800 yoshli chinor

Ushbu turlardan tashqari Oʻzbekiston sharoitlariga zarang-bargli chinor (Platanus acerifolia (Ait.)Willd.)) turi intro-duksiya qilingan va koʻkalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.

Chinor daraxti qulay sharoitda 2000-yil va undan ko’proq umur ko’rishi mumkin. Respublikamizning ayrim hududlarida, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 800 yillik chinor daraxti qad rostlab turibdi.

Hozirgi kunlarda Chinor daraxtidan ko’kalamzorlashtirish ishlarida foydalanish sezilarli darajada kamaygan.