Chipor ilonlar
Chipor ilonlar — suv ilonlar oilasiga mansub ilonlar 2 urugi; asl Chipor ilonlar (Coluber) va oʻrmalovchi Chipor ilonlar (YE1arpe)ning umumiy nomi. Uzunligi 2,4 m gacha. Gavdasining orka qismi sidirgʻa rangli, baʼzan qora yoʻlyoʻl dogʻlari boʻladi; qorin tomoni oqish. 30 ga yaqin turi Janubiy Yevropa, Osiyoning moʻtadil va tropik mintaqalari, Shimoliy va Sharqiy Afrika hamda Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Chipor ilonlarning 6 turi uchraydi. Ayniqsa, turli rangli Chipor ilonlar va guldor Chipor ilonlar keng tarqalgan; choʻl mintaqalarda koʻndalang yoʻlli Chipor ilonlar, xoldor Chipor ilonlar koʻp uchraydi. Chipor ilonlar mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, qushlarning bolalari va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Juda harakatchan. Oʻljasini boʻgʻib yoki yerga bosib oʻddiradi. Urgʻochisi 3 tadan 40 tagacha tuxum qoʻyadi. Chaqadi, lekin zaharsiz boʻlganidan xavfli emas. Ayrim turlari Tabiatni muhofaza kilish xalqaro ittifoki Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |