Chirildoqlar
Chirildoqlar (Gryllidae) - toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va moʻʼtadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi maʼlum. Sernam oʻtloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻpincha dasht chirildogʻi (Acheta deserta Pall.) uchraydi. Erkagining tana uz. 10– 16 mm. urgʻochisiniki 12–20 mm, kora; tanasi mayda kulrang tuklar bilan krplangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ustqanoti qornining uchigacha yetadi. Erkagi usgkanotlarini birbiriga ishqalab chirillagan tovush chiqaradi. Eshitish organi oldingi boddirida. Qornining uchida uzun oʻsimtalari bor. Tuproq yoriqlari, toshlar tagi yoki uyalarda, baʼzilari uylarda (uy chirildogʻi yoki qora chigirtka) yashaydi. Tuprokning yuza qatlamida katta (beshinchi) yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Aprel-may oylarida lichinkalar pust tashlab, voyaga yetgan hasharotga aylanadi. Qanotlari shakllanib boʻlganidan keyin, bir oy oʻtgach Ch. kichikroq gala boʻlib, tuproq yoriqlariga tuxum qoʻyadi. 15—20 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi. Yiliga bir marta avlod beradi. Ekinlarni zararlaydi, baʼzan koʻchat qalinligining kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. Vertun chirildogʻi (Oecanthus turanicus Uv.) lalmi ekinzorlarni va ularga yakin joylashgan gʻoʻza, beda, yosh toklarni zararlaydi.
Chirildoqlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Kurash choralari: zaharli xoʻrak va oʻsimliklarga insektitsidlar sepish, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproqqa yaxshi ishlov berish va boshqa.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |