Chitir

butguldoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi

Chitir (Strigosella) — butguldoshlar (karamdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, begona oʻt. Oʻzbekistonda tukli Ch. (S. trichocarpa Botsch.) va turkiston Ch.i (S. turkestanica (Litv.) Botsch.) turlari uchraydi. Tukli Ch. boʻyi 560 sm, poyasi oddiy yoki shoxlangan. Barglari bandli, ellipssimon, cheti tekis. Toʻpguli shingil. Qoʻzoqlari 3—8 sm. Apr.—mayda gullab, urugʻ beradi. Togʻ yon bagʻirlari, soy boʻylari, shuningdek, sugʻoriladigan dalalar va lalmi gʻallazorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.

Chitir
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik