Chivinxoʻrlar
Chivinxoʻrlar (Muscicapidae) -chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 70 ga yaqin urugʻi va 360 ga yakin turi bor. Yer yuzining Amerikadan tashqari hamma qitʼalarida uchraydi, ayniqsa, tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Tanasining uz. 110–180 mm, vazni 8—25 g. Keng mustahkam tumshugʻi asosida egik qillari bor. Uyasini daraxtlar shoxiga quradi. 2— 10 (koʻproq 68) ta tuxum qoʻyib, modasi yoki ikkala qush 10—17 kun bosadi. Joʻjalarini ham ikkalasi 10—18 kun boqadi. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, kapalaklar va boshqa qanotli hasharotlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ucha olmaydigan umurtqasizlar (qoʻngʻiz, kana, oʻrgimchaklar va boshqalar)ni yeydi. Kuzda oziq yetishmaganda oʻsimlik mevalari va urugʻlari bilan ham oziqdanadi.
Chivinxoʻrlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |