Chixachyov tizmasi
Chixachyov tizmasi - Oltoyning jan.sharkidagi togʻ tizmasi. Rossiya Federatsiyasi Oltoy ulkasi, Tiva Respublikasi xududida, Rossiya Federatsiyasi bilan MXR chegarasi boʻylab choʻzilgan. Uzunligi 100 km, eng baland joyi 4029 m. Asosan, qumtosh, slanets, ohaktosh, kristalli slanets va kvarsitlar dan tuzilgan. Kichik muzliklar mavjud. Yon bagʻirlari, asosan, shuvoqli dasht oʻsimliklari bilan qoplangan. Suvayirgʻich qismida toshli tundra mavjud. Tizma rus geografi va geologi P.A.Chixachyov nomi bilan atalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |