Choʻngkoy simob koni
Choʻngkoy simob koni - Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon qishlogʻidan 18 km jan.gʻarbdagi kon. Janubiy Fargona simobsurma konlari kamarining Qorachatir zonasi sharqiy qismida joylashgan. Choʻngkoy simob konik. 1957-yilda ochilgan. Kon kuyi paleozoyning vulkanogenchoʻkindi togʻ jinslari — diabazli porfirit, tuf, ohaktosh, qumtosh va slanetslardan iborat. Choʻngkoy simob konik. Janubiy Fargʻona yirik tektonik sinigʻi taʼsir zonasida boʻlib, uning serpentinlashgan peridotit tanalari bilan bogʻlangan bir necha tik yotuvchi shoxobchalari yoʻnalishi oʻzgargan bukilmada joylashgan. Bu togʻ jinslari serpentinlashgan peridotitlar bilan chegaradosh yerlarda kuchli gidrotermal oʻzgarishlarga uchrab, ularda rogovik, listvenit kabi metasomatitlar rivojlangan. Ular kondagi asosiy rudalashuv zonalarining koʻrinishi boʻlib, tik va yonmayon joylashgan 3 yirik va bir necha mayda rudalashgan tanalarni tashkil etadi. Ularning qalinligi bir necha m dan 50–60 m gacha, chuq. 1200–1500 m, uz. 100 m dan 1500–2000 m gacha. Rudalar tuzilishi boʻyicha nuqtasimon, tomirlinuqtasimon, yaxlit rudalashuv tarzida rivojlangan. Kon rudalari simob konlarining "magnezialkarbonatkinovarli" (yoki "listvenitli") turiga mansub. Ularda asosiy mineral kinovardan tashqari oz miqdorda antimonit, pirit, millerit, gersdorfit, realgar, norudalardan — kvars, kaltsit, dolomit, dikkit, ankeritlar uchraydi. Konda ikkilamchi oʻzgarishlar, ayniqsa, yer yuziga yaqin qismida kam rivojlanganligi sababli, ikkilamchi simob mineralidan kalomel, tugʻma simob oz uchraydi. Simobning miqdori oʻta oʻzgaruvchan boʻlib, 0,01% dan 1,2% gacha, oʻrtacha 0,16%— 0,40% ni tashkil etadi. Konning kuyi chegarasi anik, belgilanmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |