Choʻt
(Cho`tdan yoʻnaltirildi)
Choʻt (rus. schyot soʻzidan) — arifmetik hisoblash (qoʻshish va ayirish, boʻlish, koʻpaytirish) uchun ishlatiladigan eng sodda asbob. Birinchi taxta Ch. Rossiyada 16-asrda paydo boʻlgan. 18-asr boshlarida Ch. hozirgi koʻrinishini olgan. Rus Ch.lari sobiq Ittifoq davlatlari hamda Eronda ishlatilgan. Shuningdek, Xitoy Ch.i (suanpan) ham bor, ular Xitoy va Yaponiyada qoʻllangan, Xytoy Ch.i rus Ch.idan ancha ilgari yaratilgan boʻlib, hozirgacha ham oʻzining 5 birlikli sanogʻi bilan qadimiy tuzilishini saqlab qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |