Choʻl burguti (Aquila rapax) — sarchigʻaylar oilasiga mansub qush turi. Tanasining uz. 60—85 sm, vazni 3–5 kg. Yevropa va Osiyo choʻllarida tarqalgan. Yerga, baʼzan past, yakka oʻsgan daraxtlarga uya quradi. 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 40—45 kun bosadi. Asosan, urtacha kattalikdagi kemiruvchilar, baʼzan sudralib yuruvchilar va qushlar bilan oziqdanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Choʻl burguti
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Aquila rapax