Choʻl chigirtkasi, shistotserka (Schistocerca gregaria L.) — toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun xavfli hammaxoʻr zararkunanda. Shimoliy Afrika, Gʻarbiy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida (Hindistonda ham) tarqalgan. Koʻplab urchigan yillari Oʻrta Osiyoga Afgʻonistondan uchib oʻtishi mumkin. Tana uz. 46– 61 mm. Yakka va gala boʻlib yashovchi shakllari mavjud. Gala boʻlib yashovchi Choʻl chigirtkasining jinsiy yetilmagani pushti, yetilgani sariq (qora nuqtalari ham bor), yakka yashovchi Choʻl chigirtkasining lichinkalari sargʻish yoki och yashil rangda boʻladi. Bir yilda 2—3 avlod beradi. 1si jan.da kuzqish davrida rivojlanadi va voyaga yetgandan soʻng shimolga qarab ucha boshlaydi. Shimoliy rayonlarda yosh chigirtka voyaga yetadi va 2(bahorgi—yozgi) avlodni boshlab beradi. Bu avlodning rivojlanishi esa jan.da tutaydi. Janub Choʻl chigirtkasi tuproqqa tuxum qoʻyadi. Lichinkalari 10—20 sutka utgach, chiqa boshlaydi; ularning rivojlanishi 30—50 kun davom etadi. Yogʻingarchilik boshlanishi bilan chigirtkalar soni keskin kupayadi va areali ham vaqtincha kengayadi. Choʻl chigirtkasining oʻrtachahar 10— 12 yilda bir marta koʻplab urchishi aniqlangan. Bu holat zararkunandaning doimiy rivojlanadigan makonlaridagi yogʻingarchilik bilan bogʻliq. Choʻl chigirtkasining zarari baʼzi yillari tabiiy ofat darajasiga yetadi.

Choʻl chigirtkasi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Kurash choralari: zaharli xoʻraklar sochiladi, oʻsimliklarga insektitsidlar sepiladi, shuningdek, Choʻl chigirtkasi yashaydigan makonlarida yoʻqotiladi (yana qarang Chigirtka).