Choʻlpon (olma)
Choʻlpon — ertapishar olma navi. R.R.Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutida erkin changlangan Simirenko reneti navi urugʻi koʻchatlaridan chiqarilgan (A.R.Shreder, A.G.Shreder, Ye.A.Shreder). Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi oʻrtacha shoxlangan, ovalsimon. Koʻchati oʻtqazilgandan soʻng 5—6yili hosilga kiradi. Mevasi iyun oxiri — avgust boshida pishadi. Hosildorligi birmuncha davriy. 8—9yildan yaxshi hosil bera boshlaydi, 10—12 yillik daraxti PO—120 kg gacha hosil beradi. Mevasi 200—240 g, dumaloq, uch tomoni choʻzinchoq, toʻqsariq, qizgʻish yoʻlli. Eti och sariq, sersuv, shirinnordon, xushboʻy. Yangiligida yeyiladi, qoqi qilish mumkin, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |