Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi - Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. 2004-yil iyunda "Choʻlpon" nashriyoti (1986-yildan faoliyat koʻrsatgan), "Ijod dunyosi" (2000-yildan faoliyat koʻrsatgan) nashriyot uyi hamda bosmaxona birlashtirilib, ularning vorisi sifatida Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyin.m.i.u. tashkil etilgan. Asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat: bolalar va oʻsmirlar uchun turli badiiyadabiy, sanʼat asarlari, ilmiyommabop, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etish; yoshlarni mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti va sanʼati durdonalari bilan tanishtirish; oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari uchun darslik va oʻquvuslubiy qoʻllanmalar chop etish.
Mustaqil respublikamiz yosh avlodini milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiq holda barkamol inson qilib tarbiyalashga hissa qoʻshish Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyin.m.i.u.ning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyin.m.i.u. 2004-yilda 212 nomda 3200 ming nusxada kitob nashr etdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |