Chokto (millat)
Chokto (inglizcha: Choktaw, oʻzlarini Chahta deb nomlashadi) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining tub aholisi. Choktolar tarixan janubi-sharqda (hozirgi Missisipi, Alabama va Luiziana hududlarida) yashagan. Chokto nomi baʼzan xato tarzida Choktau, Choktavilar deb ham ataladi.
Etimologiyasi
tahrirChokto nomining kelib chiqishi (transliteratsiya variantlari: Chatha, Chactas, Chato, Tchakta, Chocktaw) ispancha „chato“ yaʼni tekis soʻzidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ammo John Swanton fikriga koʻra, ushbu nom qabila boshliqlaridan birining ismi boʻlgan[1].
Millat tarixi
tahrirChoktolar Missisipi daryosi vodiysidagi Missisipi madaniyatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Tarixchi Walter Williamsning fikriga koʻra, Shimoliy Amerikaning birinchi ispan kolonizatorlari choktolar bilan uchrashishgan[2]. Chokto millati ilk marotaba 1675-yilgi fransuz yozma manbalarida tilga olingan.
XIX asrda Chokto qabilasi Yevropa mustamlakachilarining koʻplab madaniy va texnologik yutuqlarini oʻzlashtirgan 5 sivilizatsiyalashgan qabilaning biri sifatida mashhurlikka erishadi.
Chokto qabilalarining kichik guruhlari Alabama, Luiziana va Texas shtatlarida istiqomat qilishiga qaramay, faqatgina Oklaxomadagi Chotkolar millati va Missisipi chokto-indeyslarigina rasmiy tan olingan.
AQSh mustaqillik urushi davrida Choktolarning katta qismi AQSh tarafdorlarini qoʻllab-quvvatlagan. Choktolar AQShni 1812-yilgi urush davrida ham, Krik urushi (Qizil tayoqlar urushi), xususan Yangi Orlean jangida ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Swanton, John. Source Material for the Social and Ceremonial Life of the Choctaw Indians. The University of Alabama Press, 1931 — 29-bet. ISBN 0817311092.
- ↑ Southeastern Indians: Since the Removal Era, 1979.