Chola — qadimda va oʻrta asrlarda Janubiy Hindistondagi davlat va hukmron sulola. Ch. davlatining tarixiy markazi (Cholamandala) Tanjavur rnida joylashgan. Davlat tili — tamil tili boʻlgan. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida Ch. kuchaygan, unga Tamilnadning boshqa rnlari (Pandyamandala, Tondaymandala, Kongumandala), Kerala, Karnataka, Andxraning bir qismi, Shri Lanka o. tobe boʻlgan. Bu davrda Tamilnadning iqtisodiy va madaniy yuksalishi kuzatilgan. 13—18-asrlarda Ch. xonadoniga mansub shaxslar Janubiy Hindistondagi bir qator mayda knyazliklarni boshqarishgan.