Chonnam Milliy Universiteti— (CNU) Janubiy Koreyaning Gwanju va Janubiy Jeolla provinsiyalarida joylashgan oʻnta yetakchi Koreya milliy universitetlaridan biridir. 2006–yil mart oyida Yeosu Milliy universiteti Chonnam milliy universiteti bilan birlashdi va yagona kampusga aylandi. Universitet Jahon universitetlari markazi (CWUR) reytingida mahalliy universitetlar orasida 10-oʻrinni va dunyo boʻylab 420-oʻrinni egalladi. Shuningdek, 2017-yilda Reuters axborot agentligi tomonidan tuzilgan „Osiyoning eng yaxshi 75 ta innovatsion universiteti“ roʻyxatida Koreyaning toʻqqizta milliy universitetlarii orasida 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, 2019-yil holatiga koʻra 62 ta mamlakatdagi 499 ta universitet bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali oʻzining global qamrovini kengaytirdi. Hozirda Chonnam Milliy Universiteti 16 ta kollej va 11 ta aspirantura dasturlari bilan akademik taʼlimning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha kurslarni taklif etadi. Uning ikkita asosiy kampusi boʻlib, biri Gvanju Metropolitan shahrida, ikkinchisi Yeosu shahrida joylashgan. Universitet tarkibida, shuningdek, ikkita tibbiy kampus va toʻrtta universitet oʻquv kasalxonasi mavjud. Bugungi kunda 1,700 dan ortiq professor-oʻqituvchilar boʻlib, jami 35,000 talaba, shu jumladan 75 turli mamlakatlardan kelgan 2,000 xalqaro talabalarga tahsil berib kelmoqda. Har yili 500 ga yaqin xalqaro almashinuv dasturlari orqali talabalar universitetga oʻqishga kelishadi va taxminan 600 Chonnam universiteti talabalari ham chet elda dunyoning turli universitetlarida tahsil olishadi.

Chonnam Milliy Universiteti
전남대학교
Shiori Haqiqat,Ijodkorlik,Xizmat ko`rsatish
Turi Milliy universitet
Asos solingan sanasi 1952 (72 yil avval) (1952)
Rektori Jung Sungteak[1]
Fakultetlar 2199 ta
Talabalari 30080 (2019)
Bakalavriat 25609
Magistratura 4471
Manzili
Gwanju Yeosu
Veb-sayti http://www.jnu.ac.kr/

Tarixi

tahrir

Chonnam Milliy Universiteti 1952-yil 1-yanvarda Janubiy Jeolla provinsiyasidagi beshta universitetning birlashishi natijasida tashkil etilgan. 2006 yilda Yosu Milliy Universiteti bilan ikkinchi birlashuv CNUning alohida Yeosu kampusini yaratdi. 1980-yilda universitet jamoasi aʼzolari, talabalari Gwanju qoʻzgʻoloniboshlanishida muhim rol oʻynagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. CNU President's Message. global.jnu.ac.kr.
  2.  Ebrey, Patricia; Palais, James; Walthall, Anne. East Asia: A Cultural, Social, and Political History (2nd ed.). United States: Wadsworth Cengage Learning.

Havolalar

tahrir