Chopar — otliq xabarchi. O'tmishda Sharqda, xususan, O'rta Osiyoda davlat ahamiyatiga molik va shoshilinch xabarlarni yetkazuvchi otliq. Choparlar hokim, viloyat beklari yoki hodisa sodir bo'lgan joyning oqsoqollari tomonidan tayinlangan. Ko'pincha Choparlar muhim xabarlarni estafeta tariqasida yetkazganlar. Choparlar uchun yo'l ustidagi manzilgoxlar (rabot, bekat, yom)da maxsus ot, ulov ajratilgan.