"CHOR DARVESH" — Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiysarguzasht asar. Dastlabki nusxasi 18-asrda Oʻrta Osiyoda forsiy tilda nomaʼlum muallif tomonidan yaratilgan. "CH.d."ning syujeti boshqa sarguzasht asarlarga oʻxshab roviy xarakterga ega., "CH.d." muqaddima va xotimadan tashqari, 5 qismdan — Rum moliki Ozodbaxt va toʻrt darveshning sarguzashti tasviridan iborat. Ozodbaxt befarzand edi. Kunlardan bir kun taxt vorisi — farzand dogʻida yurgan Ozodbaxt kabriston ziyoratiga borib, toʻrt darveshga uchrab suhbatlashadi. Ulardan ikki nafari Ozodbaxtga oʻz sarguzashtlarini hikoya qiladi. Shundan soʻng podsho darveshlarni saroyga eltib, ziyofat beradi va qolgan ikki darveshning koʻrgankechirganlarini tinglaydi. Qissaxonlik ayni qizigan paytda saroy xodimi podshoh xotinlaridan biri farzand koʻrganligi haqida xushxabar keltiradi. Ozodbaxtning farzand koʻrishi, qissalar oxirida darveshlarning murodmaqsadlariga erishishi tafsilotlari "CH.d."ning syujetini tashkil qiladi. Qissa ichida qissa shaklidagi bu asarda mardlik va jasorat, insonsevarlik va ilmmaʼrifat, yuksak axloqodob targʻib etilib, xoinligu pastkashlik, nopokligu taʼmagirlik, boylikka ruju qoʻyish, xudbinlik qattiq qoralanadi. Farang, Rum, Shom podsholarining qizlari ayshishrat, rohat va farogʻatdan chin muhabbat yoʻlida sadoqatni, insonsevarlik, adolatpeshaligu haqiqatparvarlikni afzal biladilar, sodiq doʻst uchun jonfidolik qiladilar. Darveshlar siymosida ham ana shu xislatlar mujassam. Barcha sarguzasht qissalar singari "CH.d." ham nasrnazm aralash tarzda bitilgan. 19-asrda "CH.d." Bombay, Toshkent shaharlarida toshbosma usulda bir necha bor chop etilgan. "CH.d."ning oʻzbekcha (Xiromiy dostoni), qozoqcha (Shodi Toʻra dostoni) hamda "Bogʻu bahor" nomida urducha (Mir Ammon Dexdaviy qissasi) variantlari ham yaratilgan.

Adabiyot tahrir

  • Braginskiy I.S, Istoriya tadjikskoy narodnoy poezii, M., 1960.