Chorakor
Chorakor (fors. — toʻrtdan birga ishlovchi) — boylar yerini, olinadigan hosilning toʻrtdan uch qismini yer egasiga berish sharti bilan ijaraga olib ekuvchi, kam yerli, yersiz yoki otulovsiz dehqon. Hech qanday vositasi yoki mablagʻi boʻlmagan Ch. olingan hosilning 1/4 qismini oʻzlashtirgan, otulovli Ch. esa hosilning 1/2 qismini olgan. Yer ijarasi turlaridan biri — chorakorlik. Bunda yer egasi oʻz yerini ijaraga berib, olinadigan hosildan maʼlum miqdorda ulush undirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |