Koʻprik qurulishi tahrir

Bu koʻprik 1911-1914 yillarda Choriqulbot Pirnafasboy oʻgʻli tomonidan Buxoro viloyati Romitan tumanida, Zarafshon daryosi ustida qurilgan. Choriqulboy dastlab oʻz mablagʻlaridan madrasa qurdirmoqchi boʻladi lekin, oʻsha davrdagi shariy hayat Choriqulboyning manblagʻlariga ozgina sudxoʻrlik qoʻshilgan degan vaj bilan ruxsat berishmaydi undan koʻra xalqqa foydasi tegadigan boshqa narsa qurishni maslahat berishadi. Manbalarga qaraganda koʻprik qurulishida Rossiya,Chexiya va Germaniyadan mutaxasisilar jalb etilgan. Unda asosan mahalliy ustalar ishlagan. Choriqulboy oʻta saxiy inson boʻlgan. Ustalarga yuqori haq toʻlagan. Koʻprik uzunligi salkam 100metr, eni esa 7.5 metr boʻlgan. Koʻprik qurulishida obi gʻisht va ganchdan foydalanilgan. Koʻprik qurulishida ishlatiladigan gʻishtlar Qorovulbozor va Gʻozgʻondan keltirilgan.

Koʻprik taqdiri tahrir

Koʻprik xalqqa 60 yil davomida xizmat qilgan. Sobiq sovet davrida tumanda klub qurish maqsadida koʻprik toshlaridan olmoqchi boʻlishadi. Oʻsha davrda hayot boʻlgan Choriqulboy koʻprikni buzmasliklari uchun oʻz hisobidan klub qurib beradi. Mustaqillikdan soʻng 2014-yilda koʻprik qurilganligining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan qayta taʼmirlanadi va davlat muhovazasiga olinadi. Lekin ushbu tarixiy inshootga ayrim shaxslar tomonidan „sevishganlar doskasi“ga aylantirilgan. Tarixiy ahamiyatga ega fors tilida yozilgan ustun qarovsiz qoldirilgan. Bu tarixiy merosimizni asrash uni kelajak avlodga yetkazishimiz kerak.

Manbalar tahrir

[1]

  1. „Xalqning rizoligi uchun qurilgan inshoot yoki Romitandagi davlat muhofazasiga olingan Choriqulboy koʻprigi haqida nimalarni bilamiz?“. xalq so'zi. 2023-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2023-yil.