Chortoq mineral suvi - shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boʻyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning temperaturasi 30°. Chortoq shahridan 7 km shim.sharkda Chortoqsoy sohilida "Chortoq" sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953-yil neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgʻi quduqlari (ZOYU m gacha) yordamida mineral suv topilgan. Baktriya seriyasi konglomeratlarida 150– 500 m oraliqda 4 ta suv oʻtkazuvchi gorizont ochilgan, chuq. 507 m li burgʻi qudugʻi 1958-yil Fargʻona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959-yilda foydalanishga topshirilgan. Burgʻi qudugʻining debiti (sarfi) 2 atm bosimda 7 l/sek atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvis. esa, yuqori minerallashgan (60 g/l gacha), gipertermalli (trasi 72° gacha), xloridnatriykaltsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod (19–48 mg/l) va brom (25 mg/l) boʻlgan gaz chikaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga koʻra, bu suv balneologik nuqtai nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250–1550 m chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora boʻlib chikuvchi suvlar bazasida "Chortoq" sanatoriysi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu suv tayanchharakat organlari, poliartrit, meʼdaichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtai nazaridan, balki sanoat uchun zarur boʻlgan yod ajratib olish obʼyekti sifatida ham ahamiyatga ega.

Mineral suv qayerdan olinadi? Chortoq — qariyb yarim asrlik tarixga ega mineral suv brendidir. Ichimlik suvini olish maqsadida 507 metr chuqurlikda 32-raqamli quduq ochilgan. Mazkur quduqda oddiy ichimlik suvi o‘rniga subtermal (+30oS) xlorid-sulfat-natriy tarkibiga ega mineral suv borligi aniqlandi. Quduqdan olingan mineral suv ikki marotaba faol ko‘mir bilan tozalanadi, keyin uch bosqichda turli xil aralashmalardan xalos etiladi. So‘ngra ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantiriladi va uglevod ikki oksidi bilan boyitiladi. Buncra BV (Gollandiya) kompaniyasi va mahalliy ta'sischilarning sarmoyalari ko‘magida topilgan mineral suv manbayi asosida zavod qurishga qaror qilindi. Chortoq suvi, endilikda, 2016 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan yangi yuqori texnologik zavodda ishlab chiqariladi. Soatiga 4 ming dona 0,5 litrlik shisha idishni qadoqlash quvvatiga ega ushbu zavodda 46 kishi faoliyat yuritadi. Chortoq Mineral Water MChJ qo‘shma korxonasi mineral ichimlik suvini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori talablarga javob beruvchi JK Engineering Co., Ltd. (Janubiy Koreya) uskunalari bilan jihozlangan.

Chortoq’ning foydali xususiyatlari qanday? Bu suv oshqozon-ichak tizimi, jigar, o‘t pufagi yo‘llari, oshqozonosti bezi hamda qandli diabet kabi xastaliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.Bundan tashqari, Chortoq suvi og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va oshqozonga mexanik, termal va kimyoviy ta'sir ko‘rsatadi. Shu tariqa oshqozon shirasi ajralishini yaxshilaydi. Ma'danli suvning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar va birikmalar (tuzlar va ionlar) tarkibi bilan belgilanadi. Chortoq shifobaxsh ichimlik suvini ham chanqoq qondirishda, ham uy sharoitida kasallikni davolash maqsadida ishlatish mumkin. Shifobaxsh ma'danli suv shifokorlar tomonidan tavsiya etilganda bir necha omil hisobga olinadi: bemorning umumiy holati, kasallikning kechishi va xususiyatlari, oshqozon shirasitarkibidagi kislota miqdori.  32-sonli quduqning suvi tana vaznining har 3,5-4 ml hisobidan kuniga uch mahal buyuriladi (150-250 ml). Mineral suvni 50-100 ml miqdorida icha boshlab, dozani 2-3 kun davomida normaga yetkazish lozim.

Nima uchun yashil shisha idishda qadoqlanadi? Chortoq Mineral Water MChJ QK mineral suvni Yevropa standartlariga mos tarzida shisha idishlarga qadoqlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda idishning yangi dizayni yanada mukammal ko‘rinishga ega bo‘ldi. Uning aynan yashil rangli shisha idishga quyilishi sababi suvni  kuchli quyosh nurlari va boshqa tashqi salbiy ta'sirlardan himoyalash uchundir. Bundan tashqari, suv o‘z minerallarini uzoq vaqtgacha yo‘qotmaydi. Hattoki, gollandiyalik olimlar ham  Chortoq suvini har kuni ichish kerakligini tavsiya qilmoqda.