Chorvoq soyligi
Chorvoq soyligi — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soylik (Burchmulla soyligi deb qam ataladi). Gʻarbiy Tyanshan togʻlari orasida, Toshkent shahridan 70–80 km shim.sharkda joylashgan. Neotektonik xarakatlar natijasida paleozoy davrida Piskom va Chatqol daryolarining quyi oqimqda vujudga kelgan sinklinal. Hamma tomonidan yer yoriklari orkali uni oʻrab olgan tizmalardan ajralgan. Soylik paleozoy, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan. Soylikning uz. 20 km dan ziyod, eni 7–9 km. Shim.dan Ugom tizmasi, Piskom vodiysi, sharkdan Koʻksuv tizmasining Otyaylov va Qoʻngʻirbuqa togʻlari, Koʻksuv vodiysi, jan.dan Chatqol tizmasining Katta Chimyon, Obiqashqa togʻlari, jan.sharqda Chatqol vodiysi bilan oʻralgan. Yon bagʻirlarida yangi tektonik harakatlar va daryolar faoliyati natijasida hosil boʻlgan va nisbiy balandligi turlicha daryo terrasalari bor. Relyefi surilmalar, karstsuffozion jarayonlari natijasida shakllangan. Soylikka Piskom, Koʻksuv, Chatqol, Navolisoy, Sijjaksoy, Oqsorsoy, Afgʻonsoy, Mozorsoy, Beshqayragʻochsoy kabi daryosoylar oqib keladi. Chorvoq soyligining gʻarb tomoni ochiq boʻlib, Ugom va Chatqol togʻlari tabiiy darvoza hosil qilgan. Shu yerda Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Suv omboridan Chirchiq daryosi boshlanadi.
Murod Mamatqulov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |