Christian FrederickChrisGulker (1951-yil 10-mart – 2010-yil 27-oktyabr)[1][2] amerikalik fotograf, dasturchi hamda yozuvchi.

Chris Gulker
Tavalludi
Christian Frederick Gulker

10-mart 1951-yil
New York
Vafoti 27-oktyabr 2010-yil(2010-10-27)
(59 yoshda)
Menlo Park, California, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Occidental College (AB)
Veb-sayti http://gulker.com

Gulker gazeta sanoatiga raqamli nashriyot davrini joriy etgan vositachilardan biri hisoblanadi[3]. U bloggerlikning dastlabki tarixida ham markaziy shaxs boʻlgan.

Tarjimai holi tahrir

New York shahrida tugʻilgan Gulker Pensilvaniya shtatidagi Eri yaqinidagi Eri koʻli boʻyida ulgʻaygan[4]. U 1969-yil Ogayo shtatining Gudson shahridagi Gʻarbiy zahiralar akademiyasining[5] bitiruvchisi boʻlgan. Soʻng Los Angelesdagi Occidental kollejida qiyosiy adabiyot boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan. Gulker idish yuvuvchi, taksi haydovchisi, evakuator operatori va barmen[4] boʻlib ham ishlagan. 1978- yilda Los Angeles Herald-Examiner kompaniyasida fotograf boʻlib ishga yollangan[6]. Christian shuningdek, frilanser sifatida ham faoliyat yuritgan va Time, Newsweek, Vanity Fair, Rolling Stone, Glamour, The New York Times kabi jurnallarda suratlari nashr etilgan. Gulker ikki marta Pulitser mukofotiga nomzod boʻldi[7]. Milliy matbuot fotograflari assotsiatsiyasining elektron fotojurnalistika seminariga hissa qoʻshgan[8].

1989-yilda Herald-Examiner yopilganidan soʻng[9][10] Menlo Parkga, Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtadi. U yerda dastlab fotolar muharriri boʻlib ishladi[11]. 1989-yilgi Loma Prieta zilzilasi sababli elektr quvvati oʻchganidan soʻng gazeta nashriyot tizimini toʻxtab qoladi. Bu esa Gulkerga The Examiner jurnalini Macintosh tomonidan elektron ishlab chiqarilgan nashrini joriy qilish imkonini berdi[12].

Gulkerga 2006-yil oktyabr oyida operatsiya qilib boʻlmaydigan malign glioma miya shishi tashxisi qoʻyilgan[13]. Oʻzining soʻnggi yillarida, falaj boʻlib qolganiga qaramay, u Fransiya va Amerika janubiga sayohat qiladi. Doʻstlarini ziyorat qildi va oʻz blogi orqali saraton kasalligi bilan ogʻrigan tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. U davolanishni davom ettirishdan koʻra palliativ yordamni tanladi.

2010-yil iyul oyida Christianning onkologi unga bir necha oylik umri qolganligini aytgan[14]. Gulker 2010-yil 27-oktabrda 59 yoshida uyida uxlagan holda vafot etgan[15].

Manbalar tahrir

  1. Gulker, Linda Hubbard. „InMenlo founder Chris Gulker: March 10, 1951 – October 27, 2010“. InMenlo.com (2010-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 28-oktyabr.
  2. Hubbard. „It's a wrap…“. Gulker.com (2010-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 28-oktyabr.
  3. Berton, Justin. „Chris Gulker, photographer and Web pioneer, dies“. SFGate (2010-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Davison, Phil. „Chris Gulker: 'Independent' columnist and pioneer of the blogosphere“. The Independent (2010-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 20-noyabr.
  5. Kukuk, Christina Hange. High-tech future full of wonder: technology expert shares vision of wise net with Western Reserve students. Akron Beacon Journal (2001-yil 27-yanvar), s. B6.
  6. Personalities. The Washington Post (1984-yil 12-may), s. C3.
  7. George, Don. „Chris Gulker“. Salon.com (1997-yil 17-noyabr). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-avgust.
  8. Chan, Bryan. „Chris Gulker, electronic publishing pioneer: 1951–2010“. Los Angeles Times (2010-yil 29-oktyabr). 2011-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-oktyabr.
  9. „Former South Pasadena Resident, Blog Innovator, and Renowned Photographer Passes Away in Bay Area“. South Pasadena Patch (2010-yil 27-noyabr). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-noyabr.
  10. Dungan, Jesse. „Memorial service today for Menlo Park man remembered as digital publishing pioneer“. Mercury News (2010-yil 11-noyabr). 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.
  11. Rasmussen, Randy L.. Seeing is believing. The Sunday Oregonian (1991-yil 28-aprel), s. B09.
  12. Rosenberg, Jim. Full-flexo printing in San Francisco: After delays and earthquake, experiments with components, consumables, coated stock. Editor & Publisher Magazine (1993-yil 6-fevral).
  13. Gulker. „My brain, and some news about same“. Gulker.com (2006-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  14. Gulker. „You know you're probably going to have a bad day when…“. Gulker.com (2010-yil 17-iyul). Qaraldi: 2010-yil 8-avgust.
  15. Hubbard. „It's a wrap…“. Gulker.com (2010-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 28-oktyabr.