Christchurch aeroporti – Yangi Zelandiyaning Christchurch shahriga xizmat koʻrsatadigan asosiy aeroportdir. Ushbu aeroport Christchurch shahridan 12 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan Harewood tumanidadir.1940-yil 18-mayda rasman ochilgan [1] va 1950-yil 16-dekabrda Yangi Zelandiyaning birinchi xalqaro aeroportiga aylandi [1] Bu Yangi Zelandiyadagi yillik yoʻlovchilar soni boʻyicha Auckland va Vellingtondan keyin uchinchi eng gavjum, aeroport va samolyot harakati boʻyicha Aucklanddan keyin ikkinchi eng gavjum aeroport hisoblanadi. [2] [3]

Christchurch va Auckland Boeing 747 va Airbus A380 samolyotlarida xizmat koʻrsatadigan Yangi Zelandiyadagi yagona aeroportdir. [4] Shuningdek Christchurch aeroporti kuniga 24 soat ishlaydi.

1935-yilda mahalliy kengash Harewoodni yangi aerodrom qurish uchun Christchurchdagi eng yaxshi joy sifatida topishga qaror qildi. Harewood aerodromining qurilishi 1936-yilda 227 gektar yer sotib olingandan soʻng boshlangan. 1937-yilda 915 metrli uchish-qoʻnish yoʻlagi va 60 kvadrat metrlik terminal qurildi. [5] 1950-yilda Christchurch aeroporti hukumatdan xalqaro operatsiyalar uchun ruxsat oldi. 1960-yili fevral oyida arxitektor Pol Pasko tomonidan loyihalashtirilgan yangi terminal binosi foydalanishga topshirildi.

Aeroportni qayta qurish

tahrir

Christchurch aeroporti 2006-yilning mart oyidan boshlab 13 million dollarlik yangi koʻp qavatli avtoturargoh binosi qurilishi boshlanganidan keyin keng koʻlamli kengaytirish loyihasini amalga oshirdi va ushbu loyiha 2007-yilning boshlariga topshirildi.[6] Yangi bino 570 ta avtomobillar uchun yopiq joylarini taqdim etdi. Loyiha tugallangandan soʻng, mavjud avtoturargohning bir qismi yangi terminal binosining kengayishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha joyni taʼminlash uchun yopildi. 2009-yil sentyabr oyida yangi avtoturargoh binosiga yaqin joylashgan joyda 45 metr balandlikdagi yangi boshqaruv minorasi ochildi.

2010-yildan boshlab

tahrir

2011-yil aprel oyida Air Asia X Kuala-Lumpurga Airbus A330 qatnovini boshladi. Lekin ushbu loyiha qisqa umr koʻrdi va 2012-yil may oyida yakunlandi. China Airlines 2014-yil dekabridan 2018-yilgacha Airbus A330 samolyotlari bilan Sidney orqali Taypeydan mavsumiy reyslarni amalga oshirgan [7]

  1. 1,0 1,1 „Christchurch Chronology“. Christchurch City Library. 2013-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-mart.
  2. „CIAL FY22 Annual Report & Financial Statements“. Christchurch Airport (2022-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
  3. „Domestic and International Aircraft Movements by Calendar Year“. Airways New Zealand. 2023-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  4. Bayos. „Emirates to deploy A380 aircrafts [sic] to Christchurch in October, offer non-stop Dubai-Auckland flights“. International Business Times. IBT Media Inc. (2016-yil 7-sentyabr). 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  5. „Airport History“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  6. „Airport parking work to begin“. CCC.Govt.NZ. 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
  7. UBM Information Ltd. 2015. „China Airlines Adds Seasonal Christchurch Link from Dec 2014“. Routesonline (2014-yil 7-avgust). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.