Christopher Boyadji (talaffuzi: Kristofer Boyadji; 1990-yil 15-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan britaniyalik figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Zoe Jones bilan birga toʻrt karra Britaniyaning milliy chempioni (2017-2020) boʻlgan. Ikkinchi sobiq sherigi Amani Fancy bilan esa ikki karra mamlakat chempionligini (2014, 2016) qoʻlga kiritgan.

Christopher Boyadji
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Germaniya
Oldin vakil boʻlgan Fransiya
Tavalludi Parij
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Sherigi Zoe Jones (GBR)
Oldingi sheriklari Amani Fancy (GBR)
Camille Mendoza (FRA)
Murabbiyi Mark Naylor
Oldingi murabbiylari Alexander König, Vivien Rolland, Diana Skotnická, Sylvain Privé
Oldingi xoreograflari Rostislav Sinicyn, Muriel Boucher-Zazoui, Romain Haguenauer
Jamoasi Swindon Ice Figure Club
Oldingi jamoalari EC Oberstdorf
Uchishni boshlagan 1998
Yakunlagan 18-mart, 2022-yil
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 52.45
Erkin dastur 101.25

Faoliyati tahrir

Christopher Boyadji 2013-yilning bahorida Fancy bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2013-yilning noyabrida bu juftlik amaldagi chempionlar Stacey Kemp / David King juftligifan oldin Britaniyaning milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Fancy / Boyadji juftligi 2014-yil Budapesht (Vengriya)da boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 15-oʻrinni, 2014-yilda Yaponiyaning Saitama shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 18-oʻrinni egallagan[1].

Fancyning 2014-yil noyabr oyida qilingan operatsiyadan soʻng juftlik 2015-yilgi Britaniya chempionatida ishtirok eta olmadilar. Ular Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa chempionatiga yuborildi va u yerda juftlik 12-oʻrindan joy oldi. Bu juftlik 2015-yili Shanxayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 16-oʻrinni egallagan edi[2][3].

Fancy / Boyadji juftligi 2015 Tallinn Trophy musobaqasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan va Gran-pri, 2015 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrindan joy olgan, shuningdek, ikkinchi milliy chempionlikni ham sohibi boʻlgan. Juftlik 2016-yilning yanvarida 2016-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan holda sport juftligi yakunlangani haqida eʼlon qilishgan. Ularga Germaniyaning Oberstdorf shahrida Alexandr König va Mark Neylor murabbiylik qilgan.

Dasturlari tahrir

Fancy bilan tahrir

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015/16

2014/15

  • La Vie en rose

    Louis Armstrong
2013/14

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Fancy bilan tahrir

Xalqaro
Tadbir 2013/14 2014/15 2015/16
Jahon chempionati 18 16
Yevropa chempionati 15 12
GP NHK Trophy 8
CS Nebelhorn Trophy 8 WD
CS Tallinn kubogi 3
Bavarian Open 4
Lombardia Trophy 8
Warsaw Cup 4
Milliy
Britaniya chempionati. 1ㅤ 1ㅤ
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. Williams, Ollie. „Figure skating: GB champions target Sochi 2014 top eight“. BBC News (2013-yil 30-noyabr).
  2. „Discover Elite Figure Skaters Christopher and Amani“. National Ice Skating Association (2015-yil 5-dekabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  3. „Zoe Wilkinson and Christopher Boyadji confirmed as new skating partnership“. National Ice Skating Association (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.