Christy Luisa Grimshaw (1995-yil 8-noyabrda tugʻilgan, Kirkkaldi, Shotlandiya) — Shotlandiyalik futbolchi, Italiyaning «Milan» klubi va Shotlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Christy Grimshaw
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Christy Louise Grimshaw
Tavallud sanasi 8-noyabr 1995-yil (1995-11-08) (28 yosh)
Tavallud joyi Kirkcaldy, Shotlandiya Shotlandiya
Vazni YArim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Italiya AC Milan
Raqami 11

Klubdagi karyera tahrir

  «Aberdin» tahrir

U klubdagi faoliyatini 2011-yilda Aberdinga koʻchib oʻtishdan oldin «Diside» jamoasida boshlagan, u yerda 17 yoshida Shotlandiya ayollar premer-ligasida debyut qilgan[1]. 2014-yilda u Barri universitetida oʻqish uchun Mayamiga koʻchib oʻtdi va u yerda besh yil davomida Barry Buccaneers futbol jamoasida oʻynadi.

  «Metz» tahrir

Oʻqishni tamomlagandan soʻng, 2019-yil iyul oyida u Fransiyaning ayollar 1-divizioni «Metz» klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. 2019-yilning 24-avgustida u «Metz» safida debyutini Ayollar divizioni 1-turida «Gengamp»ga qarshi (0:2) mehmonda oʻtkazdi va asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2019-yilning 12-oktabr kuni u Metz uchun ilk golini «Marsel» darvozasiga kiritib, oʻyinning 23-daqiqasida (1:3) hisobni ochdi. Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli toʻxtatilgan va yakunlanmagan 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, jamoa chempionatda soʻnggi 12-oʻrinni egallab, 1-divizionni tark etdi. Hammasi boʻlib u Metz tarkibida 14 ta oʻyin oʻtkazgan (13 tasi ayollar divizioni va 1 tasi Fransiya kubogida) va 1 ta gol urgan.

  «Milan» tahrir

2020-yil 16-iyulda u Italiya A seriyasining «Milan» klubiga oʻtdi va u bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3]. 2020-yil 23-avgust kuni u yangi jamoa safida A Seriya 1-turi doirasidagi Florensiyaga qarshi oʻyinda (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Keyingi oʻyinda, 2020-yilning 29-avgustida u «Milan» uchun A Seriyadagi ilk gollarini San-Marinoga urdi (4:0)[4]. 2021-yil yanvar oyida u Italiya Superkubogi-2020 yarim finalida oʻynadi, ammo «Milan» «Fiorentina»ga 1:2 hisobida yutqazdi. 2020/21- yilgi mavsum yakunida «Milan» A Seriyada 2-oʻrinni egallab, chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritdi, shuningdek, tarixda birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oldi[5]. 2020/21-yilgi Italiya Kubogida u jamoa bilan klub tarixidagi ilk mamlakat kubogi finaliga yoʻl oldi, unda «Milan» «Roma» bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi va penaltilar seriyasida 3:4 hisobida magʻlub boʻldi[6]. Hammasi boʻlib 2020/21-yilgi mavsumda u «Milan» safida barcha musobaqalarda 27 ta oʻyin oʻtkazdi (22 ta A Seriya, 6 ta Italiya kubogi va 1 ta Superkubok oʻyinlarida) va 2 ta gol urdi[7].

2021-yilning 25-mayida u «Milan» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. 2021-yilning 17-avgustida u «Milan» safida Yevropa chempionlar ligasida 2021/2022-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasining birinchi saralash bosqichi oʻyinida Shveysariyaning «Syurix» klubiga qarshi (2:1) oʻyinda debyut qildi.

Terma jamoadagi karyera tahrir

2021-yil 31-may kuni Grimshaw Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Styuart Maklaren tomonidan ilk bor Shimoliy Irlandiya va Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi[8]. 2021-yil 10-iyun kuni 25 yoshida u Shimoliy Irlandiyaga qarshi safar oʻyinida 90-daqiqada Kler Emslining oʻrnimaydonga tushgan holda Shotlandiya terma jamoasi safida debyut qildi[9]. 2021-yil 21-sentabrda u Shotlandiya terma jamoasi safidagi ilk golini 2023-yilgi jahon chempionati saralash bahsida Farer orollariga qarshi oʻyinda kiritdi[10].

Karyera statistikasi tahrir

Terma jamoa tahrir

Terma jamoadagi natijalari
Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Shotlandiya terma jamoasi 2021 8 2
2022 1 0
Umumiy 9 2

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

Xalaqro gollar
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1 21-Sentabr 2021-yil Hampden Park, Glasgow, Shotlandiya   4–0 7–1 2023 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kvalifikatsiya 2 22-Oktabr 2021-yil Hampden Park, Glasgow, Shotlandiya   1–0 2–1

Manbalar tahrir