Ktulhu

g'ayritabiiy mavjudot
(Chthulhudan yoʻnaltirildi)

Ktulhu yoki Cthulhu — yozuvchi H. P. Lovecraft tomonidan yaratilgan gʻayritabiiy mavjudot[2]. U ilk bor 1928-yilda Amerikaning Weird Tales arzon ertak jurnalida chop etilgan „The Call of Cthulhu“ qisqa hikoyasida namoyish etilgan. Lovecraft ushbu maxluqni ifodalashda yashil sakkizoyoq, ajdar va odam shakllaridan foydalangan.

Ktulhu
Cthulhu Mythos obrazi

Lovecraft tomonidan chizilgan ktulhuning sketchi (11-may 1934-yil)
Ilk bora koʻringan The Call of Cthulhu (1928-yil)
Muallif(lar) H. P. Lovecraft
Umumiy maʼlumotlar
Turi Great Old One
Oilasi

Etimologiyasi, yozilishi va talaffuzi

tahrir

1928-yilda Lovecraft tomonidan yaratilgan ktulhu aslida 1923-yilda yaratilgan „The Rats in the Wall“ asaridagi chthonic (xtonik)ka ohangdosh boʻlishi uchun oʻylab topilgan. Chthonic yoki yerda yashovchilar yer ostidagi boylik va minerallarni himoya qiluvchi ruhlar sanaladi.

Lovecraft Chthulhuni Khlûl′-hloo (Xlul-Lhu) tarzida talaffuz qilishni eslatib oʻtgan va birinchi boʻgʻin tomoqdan chiqishi hamda yoʻgʻon talaffuz qilinishi kerakligini aytgan. Biroq Lovecraftning oʻlimidan ancha oʻtib, ChaosiumCall of Chthulhu“ning video-oʻyin versiyasini chiqaradi. Unda shunday deyilgan: „Biz, Lovecraft garchi xato degan boʻlsa ham uni Kuh-Thool-Hu (/kəˈθuːluː/) deb ataymiz. Boshqalar esa Katulu yoki Kutulu yoki Ktulu /kəˈtuːluː/ tarzida talaffuz qilishadi“[3].

Tasvirlanishi

tahrir

H. P. Lovecraft „Call of Chthulhu“ asarida ktulhuni quyidagicha tasvirlagan: Andropoid konturli yirtqich maxluq, boshi sakkizoyoqnikiga oʻxshash, yuzida juda koʻp sezgichlar bor, qoʻrqinchli, elastik tana, orqa va old oyoqlarida oʻtkir tirnoqlar va uzun qanotlari mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. Lovecraft, H. P.. Selected Letters (1932–1934). Sauk City, Wisconsin: Arkham House, 1967 — Letter 617-bet. ISBN 0-87054-035-1. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust. 
  2. „{title}“. 2024-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  3. Petersen, Sandy; Willis, Lynn; Herber, Keith. Call of Cthulhu, 2, Oakland, Kaliforniya: Chaosium, 1981. :Whatʼs in this box?