Chukchalar
Chukchalar (oʻzlarini luoravetlan — "haqiqiy inson" deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Chukotka (taxminan 12 ming kishi) va Koryak (1,5 ming kishi) muxtor okruglarida yashovchi xalq. Rossiya Federatsiyasida jami — 15,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Chukcha (chukot) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, anʼanaviy eʼtiqodlar saqlangan. Asosiy mashgʻulotlari — koʻchmanchi bugʻuchilik, dengiz hayvonlarini ovlash.
Til | Chukcha tili va Rus tili |
---|---|
Dini | Shomonlik, Animizm va Pravoslaviye |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |