Chulim
Chulim — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1799 km, havzasining maydoni 134 ming km². Kuznetsk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m³/sek. Oktyabr— noyabrda muzlab, aprel— mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug , Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Chulim boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino shaharlari joylashgan.
Chulim | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 799 |
Maydoni | 134 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Chulim |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |