Chulon
Chulon, shulon (tugun oshi) — oʻtmishda qishloq jamoalarida oʻtkazilgan xalq odati. Qishloq qariyalarining rahbarligi va ularning maslahati asosida oʻtkazilgan. Ch.da oʻziga toʻq xonadondan un, don (bugʻdoy, arpa, guruch, joʻxori, mosh, tariq), yogʻ va boshqa mahsulotlar toʻplab pishirilgan va qiynalib qolgan, kambagʻal, beva bechoralarga tekinga ovqat tarqatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |