Chumchuqkoʻz
(Chumchuqko`zdan yoʻnaltirildi)
Chumchuqkoʻz (Veronica campylopoda) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub bir yillik mayda, jingalak tukli oʻsimlik. Boʻyi 5—10 sm, poyasi toʻgʻri yoki shoxlangan. Barglari oddiy, choʻziq nashtarsimon, yuqoridagilarining chetlari tekis, pastdagilariniki sal oʻyilgan. Toʻpguli shingilsimon. Gullari qiyshiqroq, koʻk, ikki jinsli. Mevasi tuklar bilan qoplangan, ikki uyali koʻsakcha. Ch. martda gullaydi, apreldan meva tugadi. Ch. Oʻrta Osiyoning barcha hududlarida, Zakavkazye, Afgʻoniston, Iroq va Kichik Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻllarida, togʻ etaklarining mayin tuproqli, qumli va mayda toshli yon bagʻirlarida oʻsadi. Begona oʻt sifatida turli ekinlar orasida ham uchraydi. Ch. bahorda ovqatga ishlatiladi.
Chumchuqkoʻz | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |